FABERLIC MASLAHATCHISI SIFATIDA QUYIDAGI BIZNES YURITISH
TAMOYILLARIGA AMAL QILISHGA TAYORGARLIGIMNI BILDIRAMAN:
-
Men kompaniyaning asosiy qoidasiga amal qilish: foyda olish uchun, mening hamkorlarim o‘z martabalarini to‘g‘ri tashkil etishlari va foyda olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun o‘z biznesimni halollik bilan bunyod etish majburiyatini olaman.
-
O‘z faoliyatimda kompaniyaga va menga foyda keltiradigan hamda kompaniyaning ishbilarmonlik obro‘siga va uning savdo belgisiga zarar yetkazish imkoniyatini istisno qiladigan usullar va strategiyalardan foydalanaman.
-
Men kompaniyaning barcha qoidalarini, shuningdek kompaniya nashr etadigan har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘rganib chiqaman va ularga qat’iy rioya qilaman.
-
Men endigina ish boshlayotgan Konsultantlar uchun o‘qishni tugataman, shuningdek kompaniya tomonidan taklif etiladigan barcha mashg‘ulotlarga va qo‘shimcha darslarga qatnashaman. Men o‘zimning professional darajamni doimo oshirib boraman.
-
Men ushbu darajalarga yetganimda, Maslahatchining, shuningdek murabbiy va Direktorning belgilangan vazifalarini bajarish majburiyatini olaman.
-
Men o‘zimning hozirgi va kelajakdagi mijozlarim va Maslahatchilarim oldidagi, o‘z zimmamga olgan barcha majburiyatlarni og‘ishmasdan bajaraman.
-
Men o‘zim murabbiylik qilayotgan Maslahatchilarni o‘qitish va rag‘batlantirish uchun barcha imkoniyatlarimdan foydalanaman. Men kompaniya bilan biznes yuritish imkoniyatlari haqida o‘ta halollik va rostgo‘ylik bilan so‘zlab berish majburiyatini olaman.
-
Men chakana savdoda kompaniya mahsulotlarini taqdim etish va namoyish etish huquqiga ega emasman. Men kompaniya mahsulotlarini kompaniyaning talablari, ruhi va siyosatiga rioya qilgan holda, faqatgina bevosita savdo qilish orqali sotish majburiyatini olaman. Men hech qanday sharoitda kompaniya tomonidan ishlab chiqarilmaydigan boshqa mahsulotlarni sotish uchun kompaniyaning tarmog‘idan foydalanmaslik majburiyatini olaman.
-
Biron bir kelishmovchilik yuzaga kelgan taqdirda, men ularni kompaniyadagi biznes yuritishning halollik va javobgarlikning eng yuqori standartlariga muvofiq ravishdа tushunish va adolat ruhida hal qilishga harakat qilaman.