Agreement

Faberlic Kompaniyasi va Maslahatchilar o’rtasidagi, Vitse-Direktor maqomidan boshlab, hamkorlik munosabatlari xizmatlarni ko’rsatish uchun Shartnoma bilan rasmiylashtirilishi mumkin bo’lib, uning asosida Maslahatchining hisob raqamiga, Marketing rejaga binoan hisoblangan mukofot o’tkaziladi.


Unvonlik bonusga va «Tezkor start» bonusiga faqat Xizmatlarni ko’rsatish uchun shartnoma asosida ega bo’lish mumkin.

Xizmatlarni ko’rsatish uchun shartnomani yuklab olish >>
Tadbirkorni mukofotlash to'g'risidagi Nizom bilan tanishish >>


Xizmatlarni ko’rsatish uchun shartnomani qanday rasmiylashtirish kerak?

  1. Faberlic care.faberlic.com Aloqa markazida ariza qoldiring va Sizga barcha kerakli ma’lumotlar taqdim etiladi.
  2. Shartnoma tuzilganidan so’ng, shartnomani tuzish paytidan boshlab hisoblanadigan Hajmiy chegirma bankdagi sizning hisob raqamingizga o’tkaziladi.
  3. Xizmatlarni ko’rsatish uchun Shartnomadagi har qanday o’zgarishlar (masalan, bank rekvizitlari, pasport ma’lumotlari va boshq.) Shartnomaga bo’lgan Qo’shimcha kelishuv bilan rasmiylashtiriladi.
  4. Xizmatlarni ko’rsatish uchun Shartnoma Shaxsiy guruhini kengaytiradigan Konsultant bilan tuziladi.

Xizmatlarni ko’rsatish uchun Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:

  1. Maslahatchining tashabbusiga ko’ra, Kompaniya va Maslahatchi o’rtasida imzolangan Qo’shimcha kelishuv asosida.
  2. Shartnoma shartlarining bajarilmaganligi aniqlan holda, Kompaniyaning tashabbusi bilan bir tomonlama tartibda: Maslahatchi Shaxsiy guruhini kengaytirmagan va muntazam ravishda faol yangi xodimlarni ro’yxatdan o’tkazmasa, va so’nggi 9 ta hisob-kitob davrlari mobaynida Maslahatchining birinchi liniyasidagi Yangi boshlanuvchilarning Guruh hajmi 500 dan kam ball tashkil qilgan bo’lsa. Shartlarning bajarilishi Kompaniya tomonidan yilda 2 marotaba bajariladi.